News
calendar 23.12.2024 | 10:53
view 476
13 ta bemor bola ilik ko‘chirish amaliyoti uchun Turkiyaga yuborildi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy ko‘magi bilan navbatdagi 13 nafar bola ilik ko‘chirish amaliyotini o‘tkazish uchun Turkiyaning nufuzli "EMSEY" klinikasiga jo‘nab ketdi.

Fondning kelishuviga asosan mazkur klinika bilan birinchi bor operatsiyalar amalga oshirilayotgani yo‘q. 

Hozirda barcha bemor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilib, ularni operatsiyaga tayyorlash ishlari davom etmoqda.