News
calendar 19.09.2024 | 09:25
view 235
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami ko'tarinki ruhda nishonlandi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondida  8-mart "Xalqaro xotin -qizlar kuni" munosabati bilan ayollarga ehtirom ko'rsatildi.

Fond direktori Marat Sadikov jamoada faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarni bildirdi. Ayollarning turli sohalarda erkaklar bilan tengma-teng samarali mehnat qilib kelayotganligi, ular oiladagi fayz-baraka va farovonlik manbai ekanligini alohida urg'uladi. 

 Jamoamizning betakor va latofatli xotin-qizlarini yana bir bor bayram bilan tabriklab qolamiz.