News
22.12.2024
|
09:04
538
ANDIJONDA "ORFAN KARVONI" HAFTALIK AKSIYaSI DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan respublika bo‘ylab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarni aniqlash va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda mahalliy shifokorlarni ushbu yo‘nalishda malakasini oshirish maqsadida vodiy viloyatlari bo‘ylab “Orfan karvoni” haftaligi boshlangan edi.
Bugun Rossiyalik mutaxassislar Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘z ishlarini boshladilar. Aksiya doirasida tibbiy-ko‘rik, mahorat darsi va boshqa mahalliy shifokorlar bilan malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.
Hozirda 100 dan ortiq fuqarolar ushbu tibbiy-ko‘rikka tashrif buyurgan.