News
calendar 23.12.2024 | 11:15
view 488
BUGUN BUXORODA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYa AKSIYaSI BOShLANDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ayni paytda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida  ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsul'tativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi boshlandi.

Tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi Sh.Ashurov, Fond ijrochi direktor o‘rinbosari B.Abdusamatova so‘zga chiqib, ushbu xayriya aksiyasining ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan ehtiyojmand oila farzandlari salomatligini tiklashda katta imkoniyat bo‘layotganligi alohida ta'kidlandi.

Aksiya ertaga, ya'ni 12 sentyabr kuni Buxoro shahridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davom etadi.