News
calendar 19.09.2024 | 16:49
view 306
ELNURJONDA JIGAR TRANSPLANTASIYASI MUVAFFAQIYATLI O‘TDI

Bundan qariyb ikki hafta oldin Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2013 yilda tug‘ilgan Elnur Sirojiddinov “Shakllangan jigar sirrozi, stabil kechishi, faol davri (K74.0)” tashhisi bilan Turkiyaning yuqori texnologiyali “Istenye” universiteti klinikasiga yuborilgan edi.

Elnurjonga o‘z onasi N.Musurmonova donorlik qildi. Barcha tekshiruvlar va operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ona-bolaning ahvoli yaxshi. Ular shifokorlarning muntazam nazoratida bo‘lib turibdi.