News
calendar 19.09.2024 | 12:11
view 356
FARG‘ONADA MURAKKAB OPERATSIYALAR BOShLANDI

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan  "Sog‘lom kelajak" aksiyasi doirasida Turkiyaning nufuzli "Haydarpasha" tibbiyot muassasasidan bir guruh malakali mutaxassislar Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga jalb etilgan.

Kechaning o‘zida 200 dan ortiq bolajonlarga chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘riklar o‘tkazildi.

Bugun turk shifokorlari tomonidan  murakkab plastik operatsiya amaliyotlari olib borilmoqda. Ularga mahalliy shifokorlar ham yordam bermoqda. Bu o‘z navbatida, mahorat darsi ham hisoblanadi.

Jarayonlar davom etmoqda. Bizni kuzatib boring!!!