News
calendar 19.09.2024 | 23:00
view 442
👏FOND 1 YOSHDA👏

📝Bugun 4 oktyabr... Bundan roppa-rosa bir yil avval muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi" tashkil etilgan edi.

Endigina bir yoshga to‘lgan Fondimiz o‘tgan davr mobaynida qanchadan-qancha ehtiyojmand oila farzandlariga quvonch, baxt va salomatlik atalmish bebaho ne'matni qaytarib berdi. "Yangi O‘zbekiston"ni bolajonlarning kulgusi bilan to‘ldirdi.... Har bir xonadonning baxtu iqboliga sabab bo‘ldi.

🎬Ushbu sana munosabati bilan tayyorlangan videorolik ham kichik bir jamoaning qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlarining amaliy mahsuli sifatida namoyon etadi.

✍️O‘ylaymizki, Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu dil so‘zlari sizga ham manzur bo‘ladi.

https://t.me/bolalarfondiuz/595