Jajji Shukronaning oyisi so‘zlariga ko‘ra, farzandining hozirgi ahvoli qoniqarli darajada. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shukrona salomatligi doimiy nazorat qilib turilibdi. Shu munosabat bilan, u Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
News
22.12.2024
|
16:13
594
JAJJI ShUKRONANING OPERATSIYASI MUVAFFAQIYATLI O‘TDI
Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Maftuna Ochilovaning 2023 yilda tug‘ilgan farzandi Shukrona Alimjonova “O‘t yo‘llari atreziyasi. Portal gipertenziya. Sitopeniya” tashxisi asosida Turkiyaning “Medical Park” shifoxonasiga yuborilgan edi.