News
calendar 22.12.2024 | 12:20
view 496
NAMANGANDA "ORFAN KARVONI" HAFTALIK AKSIYaSI BOShLANDI

Avval xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan respublika bo‘ylab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarni aniqlash va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda mahalliy shifokorlarni ushbu yo‘nalishda malakasini oshirish maqsadida vodiy viloyatlari bo‘ylab “Orfan karvoni” haftaligi boshlangan edi.


Bugun Rossiyalik mutaxassislar Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘z ishlarini boshladilar. Aksiya doirasida tibbiy-ko‘rik, mahorat darsi va boshqa mahalliy shifokorlar bilan malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.