➡️Turkiyadan tashrif buyurgan malakali plastik va umumiy xirurglar bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, har bir holatni alohida o‘rganmoqda.
➡️Ko‘rik davomida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar saralab olinmoqda. Ularning orasidan murakkab operatsiya talab etiladigan bemorlar ham aniqlanib, oy oxirida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
➡️Ota-onalarning minnatdorligi esa alohida. Ular farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmayotgan davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, shifokorlar va Fondning sa’y-harakatlaridan mamnun ekanini bildirmoqda.
➡️Yangi O‘zbekistondagi eng katta o‘zgarishlardan biri — inson qadri, ayniqsa, bir bolaning taqdiri e’tibordan chetda qolmayotganidir.
➡️Bugun kimdir shifokor xonasidan ko‘zida yosh bilan chiqmoqda. Ammo bu — qayg‘u yoshi emas. Bu “farzandim sog‘ayishi mumkin” degan umidning ko‘z yoshlari…
➡️Zero, bir bolaning sog‘lom kelajagi — bir oilaning baxti, bir onaning duosi, bir otaning eng katta umididir.
➡️“Sog‘lom kelajak” davom etmoqda. Ezgulik esa har bir sog‘aygan bolaning tabassumida yashaydi.
News
NAMANGANDA "HEALTHY FUTURE" - DAY TWO: THERE IS HOPE IN EVERY LOOK...
The second day of the Healthy Future charity event has begun in Namangan. At dawn, parents and children started coming to the medical facility again, hoping for their children's recovery.
There is hope in every look here, and in the heart of every parent is a big dream about their child.