News
23.12.2024
|
10:27
491
QORAQALPOG‘ISTONLIK GULNOZDAN MINNATDORChILIK KELDI
Avval xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal'a tumanida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan G‘ulomova Gulnoz “Umurtqa pog‘onasi chap tomonlama bel qismi IV darajali skoliozi, qovurg‘a yo‘qligi" tashhisi asosida Turkiyada operatsiya qilinib, yurtimizga qaytgan edi.
Uning hozirgi ahvoli yaxshi. Gulnozning onasi Fondning telegramm tarmog‘i orqali o‘z minnatdorchiligini yubordi. O‘shani sizga havola etamiz.