News
calendar 19.09.2024 | 09:48
view 200
SURXONDARYODA “EZGULIK MANZILI” SARI YO’l. SIZ TAYYORMISIZ?

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 11-16 mart kunlari Surxondaryo viloyatida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasini oʻtkazadi.

11 mart kuni dastavval olis hudud Denov tuman bolalar shifoxonasida tibbiy-ko‘riklar tashkil etiladi.

12-16 mart kunlari esa Termiz shahridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ham ushbu aktsiya davom ettirilib, murakkab amaliyotlar shu yerning o‘zida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, barcha mablag‘lar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.