News
calendar 23.12.2024 | 16:57
view 421
Jajji Umarxo’ja murakkab amaliyotdan so'ng O'zbekistonga qaytdi

Umarxo’ja Abdurazzoqov 3 yoshda. U tovush pardalari oralig‘i tagidagi muolajadan so‘ng paydo bo‘lgan hiqildoq stenozi tashxisi asosida Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan "Healthis assistance" klinikasida davolanib, yurtimizga qaytib keldi.

Umarxo’janing onasi bizga minnatdorchilik so'zlari yozilgan fotosuratlarni yubordi. 

Eslatib o'tamiz, barcha xarajatlar Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan to'liq qoplab berildi.