Jamg‘arma hamkorlik qilayotgan klinikalar shifokorlari bilan O‘zbekiston va xorijda zamonaviy tibbiyotning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblari
Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, reabilitasiya qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda insonparvarlik aksiyalarini o‘tkazishda beg‘araz amaliy yordam ko‘rsatish.
Dasturning muhim va ajralmas qismi – bu og‘ir xastalikka chalingan, kam ta'minlangan oilalarning ko‘p bolalari, ba'zan oylar davomida boshqa davlatga davolanish uchun borish imkoniyatini kutishadi, lekin uzoq kutilgan klinikaga bora olmay qolishadi, zarur mablag‘lari yo‘q. Bu shu muammoni bartaraf etishga qaratilgan.
Ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalarni dori vositalari, tibbiy-protez-ortopediya buyumlari bilan bepul ta'minlash.
Og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni yuqori sifatli tashxislash muammosini hal qilishga qaratilgan. Loyiha doirasida biz murakkab diagnostika muolajalari uchun pul to‘laymiz, afsuski, bu mablag‘lar byudjetdan to‘lanadiganlar mablag‘lar ro‘yxatiga kiritilmagan. Biz shifokorlarga kasallikning dastlabki bosqichida to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam beramiz, shunda bolaning tezroq tiklanishi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.
Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam, davolanish uchun pul to‘lashi kerak bo‘lgan aniq kasal bolalarga yordam berish.