Rahbariyat
alter ego
Ijrochi direktor
Sadikov Marat Fatihovich
Qabul:
Dushanba 10:00 - 12:00

Sadikov Marat Fatixovich 1967- yil 13-dekabrda Farg`ona viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor. Mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg‘ona shaxar bolalar shifoxonasi bolalar xirurgiyasi bo‘limi shifokori sifatida boshlagan. 2000-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilimiy markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limi shifokori, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshlig‘i, 2012-yilda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, 2015-2021 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Ijrochi direktor

alter ego
Ijrochi direktor o`rinbosari
Abdusamatova Barno Erkinovna
Qabul:
Seshanba 11:00 -13:00

Abdusamatova Barno Erkinovna - 1973-yil 6 fevralda Toshkent viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, shifokor. Mehnat faoliyatini 1997-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazida shifokor pediatr lavozimida boshlagan. 2006-yilda USAID/Halqaro savdo markazi instituti/Omma bilan aloqa tashkilotlari tomonidan e`lon qilingan grant g`olibi bo`lib, AQSHning Merilend shtatida John Hopkins universitetida malakasini oshirgan. 2013-2017-yillarda Sog`liqni saqlash vazirligining Xususiylaashtirish va pullik xizmatni tashkil etish markazi Tibbiyot turizmini rivojlantirish bo`limi etakchi mutahassisi, 2017-2018-yillarda Sog`liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasining bosh mutahassisi, 2018-2021-yillarda  Sog`liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, Boshqarma boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatgan. 

Ijrochi direktor o`rinbosari, Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga ko‘rsatilgan moddiy ko‘maklarni monitoring va tahlil qilish.