Yangiliklar
calendar 21.09.2026 | 17:33
view 1364
2-KUN: TURK SHIFOKORLARI SAMARQANDDA

Xabaringiz bor, kecha Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan yuqori malakali plastik jarroh mutaxassislari Samarqand viloyatiga kelgan edi.

Ular tomonidan "Sog'lom kelajak" aksiyasi doirasida Samarqand viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan operatsiya amaliyotlari davom etmoqda.