Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 21:53
view 135
3-Milliy konferensiyadan fotolar

Kam uchraydigan orfan kasalliklar bo‘yicha o‘tkazilgan 3-Milliy konferensiya mazmunli muhokamalar, tajriba almashinuvi va muhim tashabbuslar bilan o‘z ishini yakunladi.
📚 Konferensiya davomida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida orfan kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, xalqaro tajribalar hamda ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🤝 Tadbir yakunida konferensiyada faol ishtirok etgan mutaxassislar, hamkorlar, mehmonlar hamda ushbu ezgu tashabbusga hissa qo‘shgan ishtirokchilar munosib e’tirof etildi.

💙 Ushbu konferensiya nafaqat bilim va tajriba almashish maydoni, balki inson salomatligi, ayniqsa bolalar hayoti yo‘lida birlashgan ezgu qalblarning uchrashuv nuqtasiga aylandi.

🌟 Ezgu maqsad yo‘lidagi hamkorlik davom etadi!