Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 15:11
view 1017
“Alajille sindromi va PSVC: diagnostika va davolashga zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida “Alajille sindromi va PSVC (portosistemik venoz kollateral)” mavzusida zamonaviy diagnostika va davolash usullariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu muhim tadbirda “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sadikov faol ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilari kam uchraydigan genetik va jigar kasalliklarining erta aniqlanishi, zamonaviy davolash yondashuvlari, shuningdek, bolalarning sifatli hayotini ta’minlashda tibbiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashishdi.

Tadbirning faxriy mehmoni sifatida qatnashgan Rumyantseva Nadejda Aleksandrovna – tibbiyot fanlari nomzodi, “Biomedica GmbH” kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha tibbiy masalalar direktori sifatida o‘zining boy tajribasi va ilg‘or xalqaro amaliyotlar asosida dolzarb ma’ruzani taqdim etdi.

🔬Seminar tibbiy mutaxassislar, pediatrlar, gastroenterologlar va boshqa soha vakillari uchun katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar orqaligina murakkab va kam uchraydigan kasalliklarga qarshi kurashda ilg‘or bilim va tajriba almashinuvi ta’minlanadi.

➡️Fond bolalarning sog‘lom va baxtli hayoti yo‘lida xalqaro hamkorlik va ilg‘or tibbiy tajribalarni O‘zbekistonga olib kirishni davom ettiradi.