Yangiliklar
calendar 12.03.2025 | 10:01
view 262
BIRINCHI XALQARO FORUMDA FOND RAHBARIYATI MA'RUZA BILAN ISHTIROK ETADI

Joriy yilning 30-31-oktyabr kunlari poytaxtimizda kam uchraydigan orfan kasalliklarini tashhislash va davolashga bag'ishlangan Birinchi xalqaro forum bo'lib o'tadi.

Unda Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati M.Sadikov va B.Abdusamatovalar "O'zbekistonda orfan kasalligiga chalingan bemor bolalarni tizimli davolash va ularni qo'llab-quvvatlash" mavzularida o'z maruza va chiqishlari bilan faol qatnashadilar.

Ta'kidlab o'tish joizki, Respublikamizda kam uchraydigan orfan kasalligiga chalingan bemor bolalarni davolanishi, dori-darmon bilan ta'minlanishi va ularni ijmoiy himoyasiga e'tibor hozirgi vaqtda Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan keng tashabbus sifatida muhim ahamiyatga egaligi yuksak e'tirof etilmoqda.