Yangiliklar
BOLALARGA BEPUL TIBBIY YORDAM — “EZGULIK MANZILI” MY5 TELEKANALIDA
➡️Surxondaryoda 5 kun davom etayotgan “Ezgulik manzili” xayriya tibbiy aksiyasi MY5 telekanalining “HUDUD” informatsion dasturi orqali keng yoritildi.
➡️Aksiya doirasida 600 ga yaqin bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, 60 ga yaqin murakkab jarrohlik amaliyoti bajarilishi rejalashtirilgan.
➡️Lavhada farzandi uchun ko‘rsatilayotgan bepul tibbiy yordamdan ko‘zlari quvonchga to‘lgan ota-onalarning samimiy dil so‘zlari ham yangradi. Ular yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, bunday ezgu tashabbuslar ko‘proq davom etishini tiladilar.
➡️Bir bolaning sog‘ayishi — bir oilaning umidi.
➡️Xalqning duosi va roziligi esa bu ezgulikning eng katta mukofotidir.