Yangiliklar
calendar 06.10.2026 | 10:28
view 47
BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI — 5 YOSHDA!

➡️Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashkil etilganiga 5 yil to‘ldi!

➡️O‘tgan yillar davomida Fond bolalar salomatligini asrash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, murakkab tibbiy amaliyotlarga muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish hamda ularning hayotiga umid va quvonch olib kirish yo‘lida ezgu tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

➡️Bu 5 yil — minglab bolalarning tabassumi, ota-onalarning umidi va ezgu niyatlar yo‘lida birlashgan insonlarning mehr-muruvvati bilan yozilgan tarixdir.

🤝Fondning xayrli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha hamkorlar, shifokorlar, xayriyachilar, ko‘ngillilar va fidoyi insonlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

✨5 yosh muborak, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi!

➡️Ezgu ishlaringiz bardavom, yordamga muhtoj bolalarning yuzidagi tabassum esa eng katta natijangiz bo‘lib qolsin!

➡️5 yillik yubiley muborak bo‘lsin!

Xayriya qilish⬇️⬇️⬇️