Yangiliklar
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi haqida tayyorlangan lavha “O‘zbekiston-24” telekanali orqali ham keng yoritildi.
Unda Fond faoliyati, bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularga tibbiy, ijtimoiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Vasiylik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan muhim masalalar haqida ma’lumot berildi.