Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:30
view 859
Buxoroda tibbiy ko‘rikning ikkinchi kuni – bolalar sog‘ligi yo‘lida muhim qadam

 Bugun tibbiy ko‘rikning ikkinchi kunida 300 dan ortiq bemor bolalar turk shifokorlari tomonidan bepul tekshiruvdan o‘tkazildi.

🟢 Farzandlarimizni neyroxirurg, plastik jarroh va boshqa turli yo‘nalishdagi mutaxassis shifokorlar ko‘zdan kechirdi.

🟢 Natijada 100 dan ortiq og‘ir ahvoldagi bolalar murakkab jarrohlik amaliyoti uchun ro‘yxatga olindi.

🟢 Eng e’tiborlisi, barcha jarrohlik amaliyotlari va davolash xarajatlari Bolalar fondi tomonidan to‘liq qoplanadi.

🟢 Tibbiy ko‘rik davom etmoqda va bu tashabbus ko‘plab bolalarimiz hayotiga yangi imkoniyatlar olib kelmoqda.