🚑 “SOG‘LOM KELAJAK” — TURKIYALIK PROFESSORLAR ISHTIROKIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIKLAR!
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan tajribali professor-shifokorlar Sirdaryoga tashrif buyurmoqda!
➕3–5-dekabr | Bolalar nevrologiyasi
➡️Prof. Dr. Edibe Yıldız
➡️Quyidagi kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rik va davolash yuzasidan tavsiyalar beriladi:
🔹 Bolalarda rivojlanishning kechikishi
🔹 Epilepsiya
🔹 Bolalar serebral falaji (BSF)
🔹 Autizm spektri buzilishlari
🔹 Bosh og‘rig‘i
🔹 Neyrometabolik kasalliklar
🔹 Irsiy nevrologik kasalliklar
➡️3–4-dekabr | Jarrohlik yo‘nalishlari
🔹 Prof. Mehmet Bozkurt — bolalar rekonstruktiv jarrohligi.
🔹 Prof. Süleyman Çelebi — bolalar urologiyasi va umumiy jarrohlik.
🔹 Prof. Serhat Pusat — umurtqa pog‘onasi jarrohligi va neyroxirurgiya.
📍 Manzil: Sirdaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi.
📋MUHIM! Tibbiy ko‘rikka kelayotgan bemorlardan avvalgi EEG, MRT, genetik tahlillar va boshqa tegishli tekshiruv natijalarini olib kelish so‘raladi.
☑️ BARCHA TIBBIY KO‘RIKLAR BEPUL!
➡️Farzandingiz salomatligini asrash — uning kelajagiga qo‘yilgan eng muhim qadam!
📢Ushbu xushxabarni tibbiy yordamga muhtoj farzandlari bor oilalarga ham yetkazing!
🇺🇿🇹🇷 “Sog‘lom kelajak” — bolalar salomatligi yo‘lida birgalikda!