7 yoshli Durdonaxon so‘nggi 6–7 oy davomida qorin dam bo‘lishi va qabziyat bilan bog‘liq muammolar sabab davolanib kelmoqda. Qizining sog‘lig‘idan xavotirlangan ota sifatli tibbiy ko‘rik va mutaxassislar tavsiyasini olish maqsadida uni poytaxtga, zarurat tug‘ilsa, xorijga ham olib chiqishni rejalashtirgan edi.
➡️Ammo Turkiyadan kelgan malakali shifokorlar yurtimizning o‘zida bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotganini eshitgan ota Durdonaxonni “Sog‘lom kelajak” xayriya aksiyasiga olib keldi.
➡️Turkiyalik mutaxassislar Durdonaxonni batafsil ko‘rikdan o‘tkazib, uning holatini baholadi hamda zarur tibbiy tavsiyalarni berdi. Shifokorlarning e’tibori va professional yondashuvidan mamnun bo‘lgan ota ko‘rik natijalaridan ko‘ngli to‘lganini, qizining salomatligi bo‘yicha kerakli yo‘l-yo‘riqlarni olganini quvonch bilan ta’kidladi.
➡️Intervyu davomida u farzandlar salomatligiga qaratilayotgan e’tibor va bunday imkoniyatlar uchun Prezidentimizga, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga hamda Turkiyadan tashrif buyurgan shifokorlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
➡️Ba’zan ota-ona farzandiga shifo izlab uzoq yo‘lga chiqishni rejalashtiradi. Bu safar esa malakali shifokorlarning o‘zi bolalar huzuriga keldi.