Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 15:06
view 678
E’ZOZANING DAVOLANISHI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

➡️Raximova E’zozaga tug‘ma umurtqa anomaliyalari, jumladan bo‘yin qismida kifotik deformatsiya, ko‘krak-bel sohasida IV-darajali lordoskoliоз, bo‘yin umurtqalarining sinostozi tashxisi qo‘yilgan edi. Shuningdek, u 2-darajali nafas yetishmovchiligi bilan ham murojaat qilgan.

➡️E’zoza Turkiyada jarrohlik davolanishidan o‘tdi va hozirgi holati sezilarli darajada yaxshilangan. Uning umurtqa qiyshayishi kamaygan, nafas olishi esa ancha yengil bo‘lgan.

➡️Davolanish jarayoni va barcha xarajatlar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

                                                       Batafsil videoda tomosha qiling