Yangiliklar
calendar 24.06.2026 | 17:05
view 475
EHSONNING MUKOFOTI EHSONDIR!!!

Ro‘zai Ramazon ezgulik va xayr-ehson ulashiladigan oydir!

🤝 Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan nafaqat ushbu oyda, balki muntazam ravishda ehtiyojmand oila farzandlari, chin yetimlar va nogironligi bo‘lgan bolalarga mehr-muruvvat va xayriya yordami ko‘rsatib kelinmoqda. 

Hurmatli yurtdoshlar, saxovatpesha xalqimiz!

Ro'zai Ramazon oyida biz orqali murg'ak bolajonlarga ehson qilmoqchi bo'lsangiz xayriya mablag‘laringizni “CLICK”, "PAYME" "UZUM" (https://taplink.cc/bolalarfondi) "PAYNET"  (https://taplink.cc/bolalarfondi)ilovalari orqali  yuborishingiz mumkin. To‘lovlar xizmatiga kirib, Fondning nomini topasiz va pul mablag‘ingizni oson yuborasiz.

❗️✊Siz bu muravvatingiz bilan nainki bir oila dilbandlariga, balki najotkor ko‘zlarga quvonch va ishonch baxshida etgan bo‘lasiz! Xayriya ishlarida faol qatnashing!!!