Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 18:31
view 313
ELNURJON O‘ZBEKISTONGA QAYTDI

Bundan qariyb bir yarim oy oldin Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2013 yilda tug‘ilgan Elnur Sirojiddinov “Shakllangan jigar sirrozi, stabil kechishi, faol davri (K74.0)” tashhisi bilan Turkiyaning yuqori texnologiyali “Istenye” universiteti klinikasida muvaffaqiyatli operatsiya qilinib, O‘zbekistonga qaytdi.

Bilasizki, Elnurjonga o‘z onasi N.Musurmonova donorlik qildi. Hozirda ona-bolaning ahvoli ancha yaxshi, tekshiruv natijalari ijobiy qayd etilgan.

Ular endi O‘zbekistonda ham shifokorlarning muntazam nazoratida bo‘lib turadilar.