Yangiliklar
calendar 24.09.2026 | 14:26
view 53
“EZGULIK MANZILI” — IKKINCHI KUN

Surxondaryoda ezgulik yo‘lidagi harakat bugun ham erta tongdan davom etdi.

➡️Aksiyaning ikkinchi kunida shifokorlar bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga, zarur jarrohlik amaliyotlarini ham boshlab yubordi.

➡️Bir tomonda shifokorlarning tinimsiz mehnati, bir tomonda farzandining sog‘ayishini kutayotgan ota-onalar… Har bir muvaffaqiyatli jarayon ortida esa quvonch, shukronalik va katta umid.

➡️Ayni damda tibbiy ko‘rik va operatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

➡️“Ezgulik manzili” — bolalar salomatligi yo‘lida ezgulik davom etadi.