“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” tashabbusi bilan Namangan viloyatining olis va ijtimoiy himoyaga muhtoj hududlarida yashovchi oilalar farzandlari uchun “Ezgulik manzili” nomli keng ko‘lamli tibbiy xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya doirasida Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Klinikasining malakali shifokorlari joylarga tashrif buyurib, bolalarni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Shifokorlar tomonidan:
🔹Pediatrik maslahatlar
🔹Diagnostika va profilaktika
zarur hollarda yo‘llanmalar va tibbiy tavsiyalar berilmoqda.
Aksiya televideniye va internet platformalari orqali keng yoritilmoqda.
Quyidagi video orqali “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi tafsilotlarini batafsil tomosha qilishingiz mumkin:
Ezgulik ulashing, bolalar sog‘ligiga befarq bo‘lmang!