Yangiliklar
calendar 21.09.2026 | 14:52
view 1897
FARG‘ONADA TIBBIY-KO‘RIKNING IKKINCHI KUNI.

Avval, xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini sog‘lom hayotga qaytarish borasida Turkiyaning nufuzli "Haydarpasha" tibbiyot muassasasidagi malakali mutaxassislar O‘zbekistonga jalb etilgan edi.

Hozirda Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tibbiy-ko‘riklar qizg‘in davom etmoqda. Birinchi kunning o‘zida 24 ta oftalmologik, 19 ta plastik xururgiya yo‘nalishida bemor bolajonlar konsul'tativ tekshiruvlardan o‘tkazildi.