Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 20:38
view 506
XORAZMDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan bugun Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsul'tativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi boshlandi.

Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar berilmoqda. 

Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. 

Barcha mablag‘lar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.