Yangiliklar
calendar 30.07.2026 | 19:13
view 20
Hurmatli Barno Erkinovna Abdusamatova Sizni PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Hurmatli Barno Erkinovna Abdusamatova!

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi jamoasi nomidan Sizni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 14.00.12 — “Tibbiy reabilitologiya” va 14.00.09 — “Pediatriya” ixtisosliklari bo‘yicha “O‘smir qizlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy reabilitatsiya qilishni tashkil etishni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishingizni muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori — PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu yuksak ilmiy natija Sizning ko‘p yillik mehnatingiz, kasbiy mahoratingiz, ilm-fanga sadoqatingiz hamda bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi samarali faoliyatingizning munosib e’tirofidir.

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yutuqlaringiz bardavom, ilmiy salohiyatingiz yanada yuksalaversin!

Chuqur hurmat va samimiy tilaklar bilan,
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi jamoasi