Yangiliklar
calendar 15.09.2026 | 10:33
view 20
INSON QADRI — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDA

📺Andijon telekanalining “7 KUN” dasturida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Sog‘lom kelajak” xayriya aksiyasi batafsil yoritildi.

➡️Ko‘rsatuvda imkoniyati cheklangan hamda tibbiy yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazish va zarur davolash choralarini tashkil etishga qaratilgan ezgu ishlar haqida so‘z yuritildi.

➡️Aksiya doirasida bolalar turkiyalik malakali mutaxassislar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

➡️Har bir bolaga e’tibor — uning sog‘lom kelajagiga qo‘yilgan muhim qadamdir.