Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 16:19
view 962
Kichkina yuraklarga katta yordam — “Ezgulik manzili” Andijonda yordam qo‘lini cho‘zmoqda

Har bir ota-ona uchun — farzandining sog‘ligi eng muhimidir.

⏺Andijonda boshlangan “Ezgulik manzili” aksiyasi aynan shunday oilalarga qo‘l uzatmoqda. Birinchi kunda kam ta’minlangan oilalardan kelgan bolalarga bepul umumiy va ixtisoslashtirilgan ko‘riklar o‘tkazildi, ularning har birining holati mutaxassislar tomonidan chuqur tekshirildi, zarur tashxislar belgilandi va davolash rejasi tuzildi.

➡️Bugun esa — ikkinchi kun, jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda. Poytaxtdan kelgan tajribali jarrohlar va pediatrlar beminnat xizmat ko‘rsatib, juda ko‘p oilalarga yangi umid bag‘ishlamoqda. Bu aksiya nafaqat bir martalik yordam — u mahalliy tibbiyot xodimlari uchun ham ustozlik darslarini o‘z ichiga oladi, Andijonlik shifokorlar zamonaviy usullarni o‘rganmoqda va o‘z amaliy tajribalarini boyitmoqda.