Suratda ko‘rganingizdek, ota-bola sog‘-salomat 24 may kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Ularning quvonchi cheksiz. Ota o‘g‘lining tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishganidan mamnun va buning uchun Prezidentimizga, Jamoat fondiga alohida tashakkur bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Lazizjon O‘zbekistonda operatsiyadan keyingi davo muolajalarini davom ettirib, shifokorlar nazoratida bo‘ladi.