Yangiliklar
calendar 27.07.2026 | 12:47
view 939
Mehr va sovg‘alarga to‘la tashrif

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi jamoasi Yangi yil arafasida Toshkent shahridagi 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bolajonlarga bayramona kayfiyat va esdalik sovg‘alar ulashdi. Samimiy uchrashuvlar va iliq tabassumlar bolalar uchun unutilmas quvonchga aylandi.