Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 10:01
view 710
Mehr va umid hadya etildi 🎁Chig‘anoq qishlog‘idagi oilaga Yangi yil sovg‘asi

Namangan viloyati Pop tumani Chig‘anoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xo‘jamberdiyeva Uljanoyning 2019-yilda tug‘ilgan farzandi — Rustamjonov Mustafoga “Tug‘ma buyrak usti bezi po‘stlog‘i disfunktsiyasi. Viril shakli (E25.0) — ferment yetishmovchiligi bilan bog‘liq tug‘ma adrenogenital buzilish” tashxisi asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.

🎄 Yangi yil munosabati bilan oilaga:
💊 6 dona Diferelin dori vositasi, 6 oyga yetadigan jami (8 280 000ming) 
📚 Kitoblar va turli sovg‘alar,
💵 500 000 so‘m miqdorida moddiy yordam topshirildi.

Bu ezgu tashabbus onaning ko‘zlariga yosh keltirdi. Ammo bu yoshlar darddan emas — mehr, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashdan tug‘ilgan quvonch yoshlar edi ✨
Hech bir ona bunday sinovlarga duch kelmasin. Hech bir bola dard ko‘rmasin. 🤲

✊Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ushbu oilaga bundan buyon ham doimiy ravishda yordam ko‘rsatib borishini ma’lum qiladi.
Mehr, saxovat va insoniylik yo‘li hech qachon to‘xtamasin!

💰Xayriya qilish⬇️

🌟Clic 🌟Payme 🌟Uzum  🌟Paynet

➡️ BIZ HAQIMIZDA 

🌍Web-сайт 📝Fасеbook  📝 Telegram  💻 Instagram  🎞 YouTube 

                                                      Batafsil Videoda