Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 11:19
view 629
NAMANGANDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYa AKSIYaSI O‘TKAZILADI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 13-20 aprel kunlari Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsul'tativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar beriladi.
 
Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. 

Barcha xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi. Tibbiy-ko‘rik, maslahat va barcha operatsiyalar bepul amalga oshiriladi.