Yangiliklar
NAMANGANDA “SOG‘LOM KELAJAK” AKSIYASINING BIRINCHI BOSQICHI YAKUNLANDI
➡️Namanganda o‘tkazilgan bepul tibbiy ko‘riklar davomida bolalar Turkiyalik malakali plastik va umumiy xirurglar tomonidan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar aniqlanib, keyingi bosqich uchun saralab olindi.
➡️Endilikda eng muhim bosqich oldinda. Shu oyning oxirida Turkiyalik shifokorlar yana Namanganga kelib, saralab olingan bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
➡️Bu — oddiy tibbiy tashrif emas. Bu farzandining sog‘ayishini kutayotgan ota-onalar uchun katta umid, bolalar uchun esa sog‘lom hayot sari yangi imkoniyatdir.
🫥Ko‘rik yakunlandi, ammo ezgulik davom etadi. Eng muhim qadam — operatsiyalar bosqichi hali oldinda.