➡️12 yoshli Mushtariyxon ikki yil avval poytaxtda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Oradan vaqt o‘tib, uning ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolari yana bezovta qila boshladi. Farzandining sog‘lig‘idan xavotirlangan ona uchun esa har bir kun tashvish bilan o‘tdi.
➡️Bugun Mushtariyxon turkiyalik malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi. Mutaxassislarning batafsil tekshiruvi va bergan tibbiy xulosasi onaning ko‘ngliga taskin, qalbiga esa xotirjamlik olib keldi.
➡️Intervyu davomida ona ko‘zlaridagi minnatdorlik bilan Prezidentimizga, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga hamda turkiyalik shifokorlarga samimiy rahmatini bildirdi.
➡️“Agar shunday tibbiy ko‘riklar tashkil etilmaganida, farzandimizni olib poytaxtga yoki Turkiyaga borishga majbur bo‘lardik. Yo‘l, xarajat, sarson-sargardonlik — bularning barchasi biz uchun oson emas. Sizlar esa malakali shifokorlarni bizga yaqinlashtirib, og‘irimizni yengil qildingiz. Buning uchun cheksiz minnatdormiz”, — deya ta’kidladi ona.
➡️Ba’zan birgina shifokor xulosasi — ona uchun katta taskin, farzand uchun esa sog‘lom kelajakka bo‘lgan umidni yanada mustahkamlaydi.