Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 22:17
view 822
ORFAN KASALLIGI BOR BOLAJONLARGA QORBOBO SOVG‘ASI

Shu kunlarda "Qorboboga xat" loyihasi ishtirokchilariga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda.

Respublika bolalar ortopediya markazida davolanayotgan Samarqandlik jajji qizimiz Shahnozaga rasm chizishi uchun bo‘yoqlar to‘plami topshirildi.

Shaxnoza Sayfieva 2013-yilda tug‘ilgan. "Nomukammal osteogenez. Suyaklar sinuvchanligi. Son suyaklarini qilichsimon deformasiyasi" tashxisi bilan davolanib keladi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magi bilan unda "O‘ng boldir sohasida "Sofield" operatsiyasi" bepul o‘tkazib berildi.

Shaxnozaxonning onasi bizga interv'yu berib, barcha tashkilotchilardan, xususan Prezidentimizdan minnatdor ekanligini bildirdi.