Yangiliklar
Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati “Har bir bola mehr va e'tiborda” shiori ostida imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy-xayriya tadbiri tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi 404-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Fond jamoasi bolajonlarning beg‘ubor qalblariga malham bo‘lib, turli shirinlik va o‘yinchoqlar, kiyim-kechak hamda qiziqarli badiiy adabiyotlarni topshirdilar.
Bayram davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘zlari tomonidan tayyorlangan sahnamehmonlar qalbiga tashrif buyuruvchilar qalbiga quvonch ulashdilar.