Yangiliklar
QASHQADARYODA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI
🟢Bugun Qashqadaryo viloyatida “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasining ilk kuni doirasida tibbiy ko‘rik jarayonlari boshlandi. Aksiya davomida ehtiyojmand, kam ta’minlangan hamda og‘ir sharoitdagi oilalarda voyaga yetayotgan bemor bolalarga malakali shifokorlar tomonidan konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
🟢Mazkur tashabbus Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan amalga oshirilmoqda va barcha xizmatlar xayriya mablag‘lari hisobidan taqdim etilmoqda.
📅Aksiya 4-aprelga qadar davom etadi
📍Manzil: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi
➡️Barcha yurtdoshlarimizni ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz!