Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 12:06
view 500
🙏🩺QASHQADARYODA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILADI

🗓Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 19-24 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.

🔬Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar beriladi. 

✍️🩺Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. 

🤝Barcha mablag‘lar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.