Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonda murakkab operatsiyalar davom etmoqda.
➡️ “Sog‘lom kelajak” aksiyasi doirasida turkiyalik va mahalliy shifokorlar hamkorligida uchinchi kunning o‘zida 20 ga yaqin bola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
➡️Har bir muvaffaqiyatli operatsiya — bir bolaning sog‘lom kelajagi, ota-onaning umidi va oilaning quvonchidir.
➡️Aksiya davomida 100 nafarga yaqin murakkab operatsiyaga muhtoj bolaga bepul yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasi.