Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 10:28
view 93
Rayxonaning yutuqlari

Xamidullayeva Rayxona 27.08.2015  yilda tug‘ilgan. Tashxisi :Umurtqa pog‘onasining bo‘yin ko‘krak bel qismi o‘ng tomonlama tug‘ma Anomaliyasi va tug‘ma skoliozi IV darajali, o‘ng tomonlama qovurg‘a bukriligi bilan, Neyrogen skoliozi spina bifida OKH, pastki paraplegiya. 

Andijon  viloyati, Asaka tumanida tug'ilgan. Turkiya davlati Medistate Hospital klinikasida jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Bugungi kunda Rayxona sog'lom hayotga qaytib, barcha bolalar singari ulkan zafarlarga erishmoqda. Rayxonaning onasi bizga ezgu tilaklarini yo'lladi.

"Assalomu alaykum yaxshimisizlar qizimni aperatsiyadan soʻng badiy gimnastikaga bergandim sogʻligʻi yanayam yaxshi boʻlishi uchun bugun musobaqada 2- oʻrnini oldi bunda sizlarning hissalaring juda katta qizimni bu yutug'i sizlarniki hudo holasa kelajakda katta-katta musobaqalarda ham 1-oʻrinni olishga harakat qiladi sizlarga kattakon rahmat bir umr duoyimdasizlar kam bo'lmanglar xech qachon, sog-salomat boʻlilar".