Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 12:42
view 194
Respublika bolalar Ijtimoiy moslashuv markazining 20⃣yilligi

20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiya ijtimoiy moslashuv sohasida erishilgan yutuqlarni, mavjud muammolarni va kelgusidagi rejalashtirishlarni muhokama qilish uchun mo’ljallangan.

Konferensiyada Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati M.Sadikov ham ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi bolalar ijtimoiy himoyasi, ularning huquqlari va xavfsizligini ta’minlashdagi yutuqlar va yangi strategiyalarni muhokama qilish.
 
Tadbirda davlat organlari, ijtimoiy tashkilotlar, mutaxassislar, bolalar huquqlari himoyachilari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etishdi.
 
Konferensiya doirasida muhokamalar, taqdimotlar va ishlanmalarning namoyishlari bo’lib o’tdi. Har bir sessiyada bolalar huquqlari, psixologik yordam, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarida innovatsion yondashuvlar taqdim etildi.
 
Ushbu konferensiya bolalarning ijtimoiy himoya tizimida ahamiyatini oshirish, jamiyatda e’tiborli muhokama olib borish uchun katta imkoniyat yaratdi.