Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 16:04
view 578
Shahlo Lutfullayeva: Farzandimni ko'rish qobiliyati yaxshilandi.

Ayni paytda Namanganda "Ezgulik manzili" tibbiy aksiyasi davom etmoqda. Tadbir doirasida qanchadan-qancha ehtiyojmand oila farzandlari Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan bepul operatsiya qilib berilmoqda.

Elif ham ikki tomonlama ichki g'ilaylik dardidan xalos bo'ldi. Shahlo opa aytganidek, barcha muammolar, qiyinchiliklar ortda qoldi. Garchi oddiydek koʼringan ushbu operatsiyaga ham oilaning iqtisodiy imkoniyati yetmas edi.

"Ezgulik manzili" yana bir oilaga quvonch olib kirdi.