Yangiliklar
“Sog‘lom kelajak” aksiyasi: raqamlarda e’tirof etilgan ezgu natijalar
➡️Turkiyaning nufuzli klinikalaridan tashrif buyurgan malakali shifokorlar ishtirokida bundan bir oy avval Qoraqalpog‘iston Respublikasida 300 nafardan ortiq bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.
➡️Ko‘rik natijalariga ko‘ra, 29-iyun – 8-iyul kunlari 77 nafar bolada murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, 20 nafardan ortiq bolaga davolanishni davom ettirish uchun Turkiyaning nufuzli klinikalariga yo‘llanmalar berildi.
🥞Aksiya yakunlari bo‘yicha asosiy raqam va faktlar bilan quyidagi infografika orqali tanishing.